
Yugurish yo‘lagi Eden Fit PG-345Mi
| 3 oy +15% | 2 300 000 so‘m / oy | jami 6 900 000 so‘m |
| 6 oy +25% | 1 250 000 so‘m / oy | jami 7 500 000 so‘m |
| 9 oy +32% | 880 000 so‘m / oy | jami 7 920 000 so‘m |
| 12 oy +38% | 690 000 so‘m / oy | jami 8 280 000 so‘m |
| 24 oy +75% | 438 000 so‘m / oy | jami 10 500 000 so‘m |
Model haqida
PG-345Mi — uyda yurish va yengil yugurish bilan shug‘ullanishni endi boshlayotganlar uchun eng hamyonbop yo‘lakchalarimizdan biri. 2 o.k. motor va 14.8 km/soatgacha tezlik kundalik yurish, kardio va vazn tashlash mashg‘ulotlari uchun yetarli.
Yo‘lakcha yig‘iladi: mashg‘ulotdan keyin uni ko‘tarib qo‘yasiz va kvartirada ko‘p joy egallamaydi. Foydalanuvchi vazni 120 kg gacha.
Agar oilada bir necha kishi yugurmoqchi bo‘lsa yoki vazningiz 100 kg dan ortiq bo‘lsa, kuchliroq PG-460MI yoki PG-570Mi ni ko‘rib chiqing — motor va lenta zaxirasi uzoqroq xizmat qiladi.
Xususiyatlari
| Dvigatel quvvati, o.k. | 2 |
| Foydalanuvchining maksimal vazni, kg | 120 |
| Maksimal tezlik, km/soat | 14.8 |
| Yig‘iladigan | Ha |
Kimga mos
- Kuniga 30–60 daqiqa yuradiganlar
- Vazni 100 kg gacha bo‘lganlar
- Kichik kvartira — yig‘ib qo‘yish kerak bo‘lganlar
- Birinchi yo‘lakchasini arzonroq olmoqchi bo‘lganlar
Ko‘p beriladigan savollar
PG-345Mi da yugursa bo‘ladimi?
Ha, 14.8 km/soatgacha tezlikda yengil yugurish mumkin. Lekin har kuni uzoq va tez yugurmoqchi bo‘lsangiz, 3–4 o.k. motorli modellarni tavsiya qilamiz.
Necha kg gacha ko‘taradi?
Maksimal foydalanuvchi vazni — 120 kg. Uzoq xizmat qilishi uchun vazningiz shu chegaradan kamida 15–20 kg past bo‘lgani yaxshi.
Nasiyaga olsa bo‘ladimi?
Ha, Alif nasiya 3 oydan 24 oygacha. 12 oyga olsangiz oyiga 690 000 so‘m to‘laysiz.
Sotib olishdan oldin sinab ko‘rsa bo‘ladimi?
Toshkentdagi shourumimizda sinab ko‘rishingiz mumkin. Uyga olib borib o‘rnatganimizda yoqmasa, joyida to‘lovsiz qaytarasiz.