Mehringizni
har kuni
his qilishsin.
Ota-onangizga o‘zlari uchun vaqt sovg‘a qiling. Uyda yoqimli sayr va kun oxiridagi sokin hordiq — EDEN FIT bilan.
Bir tanlov.
Har kungi qulaylik.
Sokin dam olish uchun kreslo yoki uyda harakat uchun yo‘lakcha. Rasmlar va xususiyatlarni ko‘ring, o‘zingizga mos modelni tanlang.
Yugurish yo‘lakchalari
Uyda yurish va mashg‘ulot uchun. Barcha 17 modelning rasmlari va xususiyatlari bilan tanishing.
Katalog yuklanmoqda…
Massaj kreslolari
Har kungi hordiq uchun. 8 ta kreslo ichidan yaqinlaringizga qulayini tanlang.
Katalog yuklanmoqda…
Joriy narxlar model kartochkalarida ko‘rsatiladi. Tanlagan modelingizning aniq narxi, mavjudligi va yetkazish shartlarini maslahatchimiz aytib beradi.
Uyning eng yoqimli burchagiUlar sizga vaqt
ajratishdi.
Endi o‘zlari uchun
vaqt sovg‘a qiling.
Bayram bir kun davom etadi. E’tiboringiz esa ularning har kunida qolishi mumkin. Tongda bir oz sayr. Oqshomda sevimli musiqa ostida dam.
Sayrga chiqish — uyda ham mumkin.
Yugurish yo‘lakchasida qulay sur’atni tanlab, kundalik harakatga vaqt ajratish osonroq.
«Bugun bir oz dam oling».
Massaj kreslosi bilan kun oxiridagi tanaffusni yoqimli odatga aylantiring.
Eng qimmati emas.
Ularga eng mosi.
Yaxshi sovg‘a har kuni foydalanishga qulay bo‘lishi kerak. Tanlashda shunga e’tibor beramiz.
Avval kim foydalanishini o‘ylaymiz.
Bo‘yi, vazni, kundalik odatlari va uyda ajratilgan joy — mos model tanlash uchun muhim. Faqat katta ekran yoki tashqi ko‘rinish bilan cheklanmaymiz.
Farqini sodda tushuntiramiz.
Kresloda massaj mexanizmi va boshqaruv; yo‘lakchada yurish yuzasi, tezlik va qiyalik. Kerakli funksiyalarni birga tanlaymiz.
Sinab ko‘rib qaror qilasiz.
Showroomdagi mavjud modellarni aniqlashtiramiz. Ota-onangiz bilan kelib, foydalanish qanchalik qulayligini ko‘rib ketishingiz mumkin.
Siz mehr ulashing.
Tafsilotlarni kelishamiz.
Tanlashdan uyga o‘rnatishgacha — har bir qadamni oldindan tushuntiramiz.
Birga tanlaymiz
Kim uchun, qanday maqsadda va qaysi byudjetda — shu asosda modellarni tavsiya qilamiz.
Manzilga yetkazamiz
Sovg‘a kuni, manzil va qavatni oldindan kelishamiz. Boshqa shahardan turib ham buyurtma qilishingiz mumkin.
Ishlatishni ko‘rsatamiz
Boshqaruv va asosiy sozlamalarni tushuntiramiz. Ota-onangiz yangi sovg‘a bilan tanishib olishadi.
Xariddan keyin ham
Massaj kreslolariga 1 yil bepul servis. Keyingi xizmatlar bo‘yicha ham bog‘lanishingiz mumkin.
Massaj kreslolariga bepul yetkazish va o‘rnatish mavjud. Yugurish yo‘lakchalarining yetkazish, o‘rnatish va kafolat shartlari model bo‘yicha kelishiladi.
Tanlashdan oldin
bilish yaxshi.
Ota-onam uchun qaysi biri mos?
Hordiq uchun massaj kreslosi, uyda yurish va mashq uchun yugurish yo‘lakchasi tanlanadi. Maslahatchiga kim foydalanishi, bo‘yi, vazni va maqsadini ayting — modellarni tushuntirib beradi.
Yugurmasdan, shunchaki yurish mumkinmi?
Ha, ko‘p modellarda past tezlikdan boshlash mumkin. Minimal tezlik va boshqaruv modelga qarab farq qiladi — xususiyatlarini tekshirib, qulay variantni tanlaymiz.
Narxlarni qayerdan bilaman?
Joriy narxni model sahifasida ko‘ring yoki buyurtma orqali so‘rang. Aniq narx, mavjudlik va takliflarni sizga qulay vaqtda aytamiz.
Boshqa shahardan sovg‘a buyurtma qilsam bo‘ladimi?
Ha. Qabul qiluvchining manzili, yetkazish kuni va o‘rnatish shartlarini maslahatchi bilan oldindan kelishasiz.
Xariddan oldin sinab ko‘rish mumkinmi?
Toshkentdagi showroomga kelishingiz mumkin. Siz qiziqqan model mavjudligini va manzilni oldindan telefon orqali aniqlashtiring.
«Siz uchun oldim».
Qolganini bizga qo‘ying.
Kim uchun tanlayotganingizni ayting. Sizga mos modellarni tushuntiramiz, narx va yetkazish tafsilotlarini kelishamiz.

